Adiblar xiyoboni – yoshlik, sport va ma’naviyat maskani

    Keyingi avlod 19 Aprel 2024 35

    Talaba-yoshlar orasida buyuk mutafakkir bobolarimiz, o‘z zamonasining eng yetuk shoir va yozuvchilari bo‘lgan adiblarning hayoti, ijodi va faoliyatini keng targ‘ib qilish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida poytaxtimiz markazidagi Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

    O’zbekiston davlat konservatoriyasi professor-oʻqituvchilari talabalar bilan birgalikda Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib buyuk shoir Hamid Olimjon haykali oldida milliy sport oʻyinlari, zakovat va quiz intellektual oʻyinlari, kitob mushoirasi hamda shoir ijodiga mansub sherlardan kuy-qoʻshiqlar ijro qildilar.

    Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi matbuot xizmati.