Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    Samarqand shahrida 28-noyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

    Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

    Keyingi yillarda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholining ijtimoiy sharoitlarini yuksaltirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

    Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

    Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.