- SHu kungacha fuqarolarimizdan 100 dan ziyod murojaat Adliya vazirligi boti orqali, 400 ga yaqin murojaat viloyat adliya boshqarmasining Huquqiytargibot Sirdaryo  muloqot guruhi orqali, 50 ga yaqin murojaat boshqarmaning “Facebook” ijtimoiy tarmog'idagi sahifalari orqali kelib tushdi. Savollarning aksari mehnat qonunchiligi, nafaqa, kredit ajratish masalasi, karantin tartib-qoidalari, ishga joylashish, ish haqini undirish va boshqa masalalar haqida bo'lib, biz ularga tezkor huquqiy maslahatlar beryapmiz. Tuman-shaharlardan echimi tez kunda topish imkoni bor murojaatlar esa tuman (shahar) adliya bo'limlariga yo'naltirilib, ular tomonidan mazkur murojaatlar qanoatlantirilmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Misol uchun, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining “Huquqiytargibot Sirdaryo” fuqarolar bilan muloqot guruhiga Boyovut tumani, SHirin MFY, Zakovat ko'chasi, 31-uyda yashovchi fuqaro S.Xaqqulovadan onlayn murojaat kelib tushdi. Unda fuqaro SHirin shahar 3-sonli MTMdan joriy yilning aprel` oyi uchun oylik ish haqini undirib berishni so'rab murojaat qilgan edi.

SHirin shahar adliya bo'limiga yo'naltirilgan murojaat tezda o'z echimini topdi.

- Bizga murojaat joriy yilning 5 may kuni kelib tushgan edi. 8 may kuni murojaatchi S.Haqqulovaning aprel` oyi uchun 736000 ming so'm oylik ish haqi undirib berilishi ta'minlandi, - deydi SHirin shahar adliya bo'limi bosh maslahatchisi Bekzod G'aybullaev.

Aytish joizki,  SHirin shahar adliya bo'limi karantin davrida o'nlab sharoiti og'ir bo'lgan oilalar a'zolarini mahallalar qoshidagi haq to'lanadigan jamoat ishlariga joylashtirdi. 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

SHuningdek, Sayxunobod tumani adliya bo'limi tomonidan   80- yillarda "Paxta ishi" qurboniga aylangan fuqaro Suyunov Fayzulloning pensiyasini ko'paytirish borasida  murojaati o'rganib chiqildi va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga murojaat etilib, O'zbekiston SSR Oliy sudi Prezidiumining 1991 yil 22 fevraldagi №4-138-91 sonli qarori bilan Suyunov Fayzullaga nisbatan sud qarorlari bekor qilinib, ishni xarakatlarida jinoyat sostavi yo'qligi uchun harakatdan yotqizish lozim deb topilib, Suyunov Fayzullani qamoqdan ozod qilish to'g'risida qaror chiqarilganligini inobatga olgan holda Suyunov Fayzulla oqlanganligi haqida ajrim chiqarib berilishida (tushuntirish berishni) Oliy suddan iltimos qilindi.

 O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining O'zbekiston SSR Oliy sudi Prezidiumining 1991 yil 22 fevral kungi qarori bilan Jizzax viloyat sudining 1986 yil 16 may kungi hukmi va O'zbekiston SSR Oliy sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov kollegiyasining 1986 yil 18 sentyabr kungi ajrimining Suyunov F.ga oid qismi bekor qilinib, harakatlarida jinoyat tarkibi yo'qligi sababli oqlanganligi to'g'risidagi  2019 yil 29 oktyabrdagi MY-14-19-son javob xatiga ko'ra   hamda   “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunining 38-moddasining e bandida “asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo'lish vaqti — bir yarim hissa barobarida stajga imtiyozli tarzda qo'shib hisoblanadi” deb belgilanganligi munosabati bilan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Sayxunobod tumani bo'limiga xat kiritildi va murojaat ijobiy hal etildi. Murojaatchining pensiyasi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Sayxunobod tumani bo'limi tomonidan qayta ko'rib chiqilib,  pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Tuman (shahar) adliya bo'limlari kuniga o'nlab shunday murojaatlarni, savollarni qabul qilib, ularga onlayn javob bermoqdalar. Fuqarolarni qiziqtirgan savollar ko'pincha o'xshash bo'lgani uchun, adliya bo'limlari tomonidan hamda boshqarma bo'limlari tomonidan savol-javoblar rolik ko'rinishida tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilmoqda. Xususan, aprel` oyida 100 ga yaqin videoroliklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga etkazildi, bundan tashqari matndagi savol-javoblar, 20 dan ziyod tahliliy maqolalar viloyatning ommalashgan telegram kanallarida hamda boshqarma va bo'limlarning “Facebook”dagi sahifalariga joylashtirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Aytish joizki, bugungi kunda adliya bo'limlari hamda boshqarma mas'ul xodimlari viloyat va tumanlarda “Telegram” ijtimoiy tarmog'ida faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin kanallarga a'zo bo'lib, adliya tizimidagi hamda qonunchilikdagi yangiliklarni targ'ibot qilib bormoqdalar. 

SHu bilan birga viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari Davlat xizmatlari agentligining Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Sardoba suv ombori toshqinida ofatdan jabr ko'rgan va viloyat yuridik kollejiga evakuatsiya qilingan 500 nafardan ziyod fuqarolar uchun huquqiy maslahat burchagi tashkil etdilar va ularning ofat paytida yo'qolgan hujjatlarini tiklash borasida huquqiy ko'mak ko'rsatdilar.

Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan “Salom Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aktsiyasi davomida Adliya vazirligi hamda viloyatlar adliya boshqarmalaridan saxovat karvonlari kelib turibdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

SHu bilan birga viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ham ushbu ezgu ishdan chetda qolmadilar. Adliya xodimlari 5 kunlik ish haqlarini “Saxovat va ko'mak” jamg'armasiga o'tkazib berdilar.

SHu kunlarda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Jamshidxon Nuritdinov boshchiligida Oqoltin, Sardoba,Mirzaobod tumanlari va YAngier shahriga borib, ofatdan zarar ko'rgan fuqarolarning holidan xabar olinmoqda, ularga huquqiy maslahatlar berish va hujjatlarini tiklash bo'yicha huquqiy xizmat ko'rsatish bilan birga zarur oziq-ovqat va gigienik vositalar to'plamlari tarqatilmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Bunday ko'makdan Guliston hamda YAngier shahar ijtimoiy ob'ektlarida vaqtinchalik joylashtirilgan Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanidagi yurtdoshlarimiz ham bebahra qolishmayapti.

- Bugungi sharoitda adliya xodimlari befarq qolishlari mumkin emas, insoniylik nuqtai nazaridan hamda huquqshunoslik mas'uliyati va burchi ularni aholi bilan doimiy muloqotga chorlaydi.

Albatta, xodimlarimiz karantin tartib-qoidalariga amal qilgan holda ezgu ishlarni amalga oshirmoqdalar. 13 may kuni bo'lib o'tgan videoselektorda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev qisqa muddatda toshqindan jabr ko'rgan aholiga rayhon va ko'chatlar o'tkazilgan sifatli uylar qurib bitkazilishi bo'yicha topshiriq berdilar. Bugun Sirdaryo viloyatining ofatdan zarar ko'rgan hududlari ulkan qurilish maydoniga aylandi. Biz shu davr ichida fuqarolarimizga o'z ko'magimizni to'xtatmaymiz, - dedi J.Nuritdinov.

 Zebo Haydarova,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi boshlig'i