Adliya vaziri BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari boʻyicha maslahatchisi bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 20 Noyabr 2021 1563

    Joriy yil 19-noyabrda Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov hamda BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari boʻyicha maslahatchisi X. Xarutyunyan bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda adliya vaziri R. Davletov BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari boʻyicha maslahatchisini mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ushbu sohada soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi.

    BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari boʻyicha maslahatchisi X. Xarutyunyan Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida soʻnggi toʻrt yilda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholab, ularni yangi bosqichga olib chiqishga hamda bu borada hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat boshqaruvi sohalarini yanada isloh qilishda yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib oldilar, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.