Adliya vaziri oʻrinbosari BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy boʻlinmasi rahbari bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 18 Mart 2022 828

    Joriy yil 18-martda adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov hamda BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy boʻlinmasi rahbari R. Komenda oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv avvalida M. Ikramov mehmonni adliya va huquq sohalarida, shu jumladan fuqarolik jamiyati va advokaturani rivojlantirish, sud hokimiyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan atroflicha tanishtirdi.

    Tomonlar inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati, advokatlik instituti sohalarini rivojlantirish boʻyicha fikr almashdilar.

    Konstruktiv tarzda oʻtgan uchrashuvda tomonlar inson huquqlarini himoya yoʻnalishida mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish haqida kelishib oldilar, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.