Bundan bir yil avval Prezidentimizning Xorazmga tashrifi vaqtida alohida tilga olib oʻtilgan ushbu maktab negizida Xalqaro maktab internat tashkil qilish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan edi.

Mana oradan bir yil oʻtib Adliya vazirligi koʻmagi bilan ushbu zamonaviy, innovatsion taʼlim dargohi padegoglar jamoasi va oʻqituvchilarga tantanali ravishda topshirildi.

Maktabning yangi va zamonaviy binosini ochilishi marosimida ushbu maktabning bitiruvchisi boʻlgan, adliya vaziri Ruslanbek Davletov Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Adliya vazirligi respublikada taʼlimni yana-da rivojlantirishga har doim oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Jumladan, vazirlik tizimida soʻnggi ikki yil davomida katta raqamlashtirish ishlari amalga oshirilib, yangi kompyuter texnikalari xarid qilindi. Raqamlashtirish yakunlangach, mavjud 2,5 mingdan ziyod kompyuter texnikalari respublika maktablariga topshirildi. Buning natijasida koʻplab oʻqituvchilar xonalari kompyuterlar bilan jihozlanishiga erishilgan edi.