Adliya vazirligi ham bu boradagi ishlarni davom ettirgan holda “Adliya mobile” ilovasini ishlab chiqdi, deya xabar beradi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Mobil ilovaning maqsadi:
axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aholi va adliya organlari oʻrtasida samarali aloqa oʻrnatish, mobil qurilmalar orqali yuridik va davlat xizmatlarini koʻrsatilish, mobil ilova yordamida davlat xizmatlarni elektron shaklda olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Mobil ilovaning qulayligi:
- Davlat xizmatlaridan mobil ilovalar orqali elektron foydalanish imkoniyati yaratiladi;
- mobil ilova Yagona interaktiv xizmatlari hamda zarur hollarda toʻlov tizimlari bilan ham integratsiya qilinadi;
- mobil ilova orqali davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar oʻrtasida turli xil soʻrovnomalar oʻtkaziladi;
- mobil ilova foydalanuvchisi davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanishlari boʻyicha oʻz fikrlarini qoldirish, baholash imkoniyati yaratiladi va boshqalar.
Shuningdek, fuqarolar mobil ilova orqali Adliya adliya organlari va muassasalari hamda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari, ularning turlari boʻyicha ham xabardor boʻlishi mumkin.
Mobil ilovada:
- adliya organlari va muassasalarining manzili (google karta orqali belgilash orqali), telefon raqami, elektron pochta manzili;
- rahbariyat va ularning qabul kunlari va murojaat yoʻllash;
- hujjat holatini tekshirish, qonunchilikdagi yangiliklar, notarial idoralar roʻyxati (notarius F.I.Sh, telefon raqami, manzili (geolokatsiya);
- ish vaqti, qabulga yozilish, kalkulyator, navbat olish va boshqalar),
- faoliyat yurituvchi advokatlar, advokatlik byurolari, firmalari, advokatlar hayʼatlari roʻyxati;
- nodavlat notijorat tashkilotlar roʻyxati;
- doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlari reyestri;
- diniy tashkilotlar reyestri;
- FHDYO maʼlumotlarini olish;
- Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslarning davlat reyestri haqida maʼlumot ham mavjud.
Shuningdek, mazkur mobil ilova foydalanuvchi real vaqt davomida davlat xizmatlari markazlarigacha boʻlgan masofani, yetib borishga ketadigan vaqtni va elektron navbat raqamini aniqlash, davlat xizmatlarini olishda markazlardagi navbatlarni hisobga olgan holda “eng qisqa yoʻlni” tanlash imkonini beradi.
Bundan tashqari mobil ilovada “Kontrafaktsiz hudud” topografik xarita ham mavjud boʻladi. Ushbu xarita ishlab chiqilishi aholiga aynan qaysi hududlarda, qaysi magazinlarda kontrafakt mahsulotlar sotilishi, qaysilarida esa sotilmasligi uyida oʻtirgan holda bilib, oʻz tanlovi asosida xaridni amalga oshirishiga zamin yaratadi.
Mobil ilovada adliya vazirligi huzuridan Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti haqida ham maʼlumotlar olish mumkin boʻladi.
“Adliya mobile” mobil ilovasini “Android” va “iOS” operatsion tizimlari uchun moʻljallab ishlab chiqarilgan. Foydalanuvchilar ilovani “Play Market” va “App Store” servislari orqali bepul va oson tarzda yuklab ishlatishlari mumkin. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ilovadagi maʼlumotlar 3 ta tilda (rus, ingliz va oʻzbek (kiril va lotim alifbolarida)) kiritib boriladi.
Hozirda ushbu mobil ilovani yanada takomillashtirish boʻyicha ishlar ketmoqda.