Yoʻl harakati qoidalariga koʻra, yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar hamda yoʻlni taʼmirlashga masʼul xodimlar qorongʻida nur qaytargichli kamzulda boʻlishi kerakligi belgilangan.
Mazkur talab boshqa shaxslarga, shu jumladan piyodalar uchun majburiy emas.
Shuningdek, qonunchilikda piyodalar qorongʻida harakatlanayotganda nur qaytaruvchi ustki kiyimda boʻlishini targʻib qilish nazarda tutilgan.