Adliya vazirligida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi aʼzosi Aleksandr Karlayl bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 24 Iyun 2022 1854

    Joriy yil 23-iyunda adliya vaziri oʻrinbosari Aktam Muxammadiyev hamda Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi aʼzosi, Buyuk Britaniya “Bikal LTD” kompaniyasi Kuzatuv kengashi aʼzosi Aleksandr Karlayl oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda oxirgi yillarda Adliya vazirligi faoliyatida jadal islohotlar amalga oshirilganligi hamda tizim faoliyatida raqamli texnologiyalar keng joriy qilib kelinayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

    Buyuk Britaniya “Bikal LTD” kompaniyasi Kuzatuv kengashi aʼzosi A. Karlayl ushbu yoʻnalishda oʻtkazilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, amalga oshirilayotgan ishlar vazirlik tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etishda eng samarali usullaridan biri ekanligini bildirdi.

    Shuningdek, uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonga ilgʻor investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish, shu jumladan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari boʻyicha fikr almashdilar.

    Uchrashuv yakunida tomonlar huquq va adliya sohasida oʻzaro istiqbolli hamkorlikni jadallashtirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.