Mazkur tadbirda ayniqsa, tibbiyot xodimlari sayyor qabul shaklida oʻtkazilayotgan tadbirda faollik koʻrsatmoqda.
“Madad” NNT vakillari, FHDYO boʻlimlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar koʻrsatilib boshlandi. Koʻplab fuqarolar, xususan, tibbiyot xodimlari oʻz muammolari va savollari bilan ularga murojaat qilishmoqda.
Aksiya doirasida fuqarolar xususiy klinika ochish tartibi, bolani maktabga joylashtirish, ishga tiklash tartibi qanday boʻlishi haqidagi savollar berishdi. Yana bir ayol nogiron farzandi borligini, ammo yordam soʻrashiga qaramasdan hech bir davlat tashkiloti uni eshitmayotgani haqidagi muammosini gapirdi.
Shundan soʻng mutasaddilar muammoni muhokama qilishdi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi masʼul xodimlari fuqaroning uyiga borib holatni oʻrganadigan hamda kerakli choralar koʻriladigan boʻldi.
Shu bilan birga, uy-joy uchun subsidiya olish tartibi, ayollar daftari, homiladorlarni roʻyxatga olish, ajrashgan ayol yolgʻiz onaga kirishi yoki kirmasligi masalalarida murojaatlar va savollar boʻlayapti.
Huquq sohasi vakillari tomonidan shifokorlarga uy-joy kreditga berilishi, uning tartibi batafsil tushuntirilmoqda. Maxsus aksiya qizgʻin ruhda kechayapti.










