Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Farg'ona viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.A” xususiy korxonasi ish yurituvchisi M.M.ning murojaatiga ko'ra, Toshloq tuman Adliya bo'limi etakchi maslahatchisi A.A. tumanda bo'sh er maydonini ushbu korxonaga ajratilishi to'g'risidagi tuman hokimining qarori bo'yicha Toshloq tuman Ma'muriy sudida ko'rilayotgan ishni sudda ishlovchi tanishlari orqali gaplashib, qarorni o'z kuchida qoldirish va ishni uning foydasiga hal qilib berish evaziga 500 AQSH dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, A.A. tomonidan Toshloq tumani So'kchilik MFYda yashovchi fuqaro B.B.dan tanishlari orqali mazkur mahalladagi masjid faoliyatini yuritishi uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 39 mln. so'm olganligi aniqlangan.

YUqoridagi holatlar yuzasidan A.A. fuqarolardan pullarni olganligini ma'lum qilib, o'z ixtiyori bilan “M.A.” xususiy korxonasi ish yurituvchisi M.M.ga etkazilgan zarar uchun 500 ming so'm va 100 AQSH dollarini hamda fuqaro B.B.ga etkazilgan zarar uchun 28 mln. so'm va 1000 AQSH dollarini o'z ixtiyori bilan taqdim etganligi protsessual rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.