Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov universitet talabalari bilan ham muloqot oʻtkazdi.

Yoshlar bilan samimiy suhbat davomida viloyat rahbari mamlakatimiz, jumladan viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim va tarbiya olayotgan talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda berilayotgan imkoniyatlar xususida atroflicha fikr mulohazalar bildirdi.

Shuningdek, joriy oʻquv yilida universitetni tamomlayotgan 2 ming 396 nafar bitiruvchini ish bilan taʼminlash masalalari va bu boradagi imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar xususida soʻz yuritildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, hozirda oliygoh bitiruvchilarining 40 foizi mutaxassisligi boʻyicha faoliyat koʻrsatmoqda. Jarayonda talabalar taklif va tashabbuslarini bildirmoqdalar.