Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holatini hamda qoʻshma yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning borishini atroflicha koʻrib chiqdilar.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, chegaraoldi savdo zonalari faoliyatini faollashtirish, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
250 dan ortiq afgʻonistonlik tadbirkorlar ishtirokida boʻlib oʻtadigan qoʻshma biznes-forum va zargarlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, togʻ-kon sanoati, transport va logistika kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan 75 yirik Afgʻoniston kompaniyasi mahsulotlari namoyish etilgan “Made in Afghanistan” koʻrgazmasining tashkiliy masalalari ham muhokama etildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar Afgʻoniston Sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan tadbirlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirishi, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va oʻzaro manfaatli yangi tashabbuslarni boshlashiga ishonch bildirdi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.