Tadbir davomida afgʻon inqirozini hal etish, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam koʻrsatish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlar muhokama etildi.
Tomonlar, shuningdek, Afgʻonistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakat yangi hukumatiga nisbatan mujassamlashgan pozitsiyasini ishlab chiqish, Afgʻonistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik oʻrnatish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash, ushbu davlatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida koʻmak koʻrsatish muhimligi qayd etildi.
Tadbir yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilinib, unda ishtirokchilar Oʻzbekiston tomonining BMT shafeligida Xalqaro muzokaralar guruhini tuzish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatladilar, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.