Afgʻoniston Oʻzbekistonga minnatdorlik bildirmoqda

    Xalqaro hamkorlik 13 Yanvar 2022 988

    Afgʻoniston axborot vaziri oʻrinbosari Zabihulloh Mujohid va TIV vakili Bilol Karimiy Oʻzbekistonga energiya taʼminoti tiklangani uchun minnatdorchilik bildirdi:

    "Mamlakatimizni energiya bilan taʼminlash muammolarini hal qilgani uchun Oʻzbekiston rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Amirlik barcha qoʻshnilari bilan yaxshi va mustahkam munosabatlar tarafdori. Oʻzbekiston biz uchun toʻliq ishonchga loyiq qardosh mamlakat. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi mavjud barcha masalalar doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari ruhida hal etiladi”.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Tolimarjon IESdagi texnik nosozliklar tufayli Afgʻonistonga elektr energiyasi eksportini 60 foizga qisqartirgani haqida xabar berilgan edi.