TIV maʼlumotiga koʻra, suhbat chogʻida Afgʻoniston yoʻnalishidagi Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, Afgʻonistondagi voqealar rivoji muhokama qilindi.

Oliy martabali diplomat Oʻzbekistonning afgʻon xalqiga gumanitar koʻmak berish va Afgʻonistonga iqtisodiy yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, 2022-yil 26-iyul kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya yuzasidan ham fikr almashildi.