Bu haqda mamlakat Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi matbuot kotibi Yusuf Hammad maʼlum qildi.
Agentlik bergan maʼlumotlarga koʻra, tabiiy ofat mamlakatdagi 34 ta provinsiyadan 15 tasiga jiddiy zarar yetkazgan. Hozirga qadar 458 ta uy butunlay yoki qisman vayron boʻlgan, yuzlab chorva mollari nobud boʻlgan.
Hukumat vakillarining taʼkidlashicha, chekka hududlardan maʼlumotlar kelib tushishi davom etayotgani sababli, talafotlar soni yana ortishi mumkin. Ayni paytda hukumat yopilib qolgan yoʻllarni ochish va tashqi dunyodan uzilib qolgan qishloqlarga yetib borish choralarini koʻrmoqda.
Afgʻoniston ekstremal ob-havo hodisalariga nisbatan dunyodagi eng zaif mamlakatlardan biri hisoblanadi. Kuchli yogʻingarchiliklar koʻpincha halokatli suv toshqinlari va koʻchkilarga sabab boʻladi. Xususan, 2024-yilning bahorida sodir boʻlgan toshqinlarda 300 dan ortiq kishi hayotdan koʻz yumgan edi.
Koʻp yillik qurolli mojarolar, infratuzilmaning eskirgani, iqtisodiy qiyinchiliklar va iqlim oʻzgarishi oqibatlari bunday ofatlar koʻlamini yanada kengaytirmoqda. Ayniqsa, uylari loydan qurilgan chekka qishloq aholisi qalin qor va toshqinlar qarshisida mutlaqo himoyasiz qolmoqda.