Afgʻonistonda sodir boʻlgan 7 balli zilzila Oʻzbekistonda sezildi

    Shu yilning 3-noyabr kuni soat 01:29 da Afgʻoniston hududida zilzila sodir boʻldi. Zilzila kuchi epitsentrda (Samangan shahrida) 7 ballni tashkil etdi.

    Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

    Xabarda aytilishicha, magnituda — 6,8, chuqurlik — 30 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 557 km janubiy-gʻarbda.

    Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

    • Toshkent: 2-3 ball, 557 km;
    • Surxondaryo viloyatida 5 ball, 90 km;
    • Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 302 km;
    • Samarqand viloyatida 3 ball, 358 km;
    • Jizzax viloyatida 3 ball, 410 km;
    • Navoiy viloyatida 3 ball, 444 km;
    • Buxoro viloyatida 3 ball, 451 km;
    • Sirdaryo viloyatida 3 ball, 464 km;
    • Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 579 km.