Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, magnituda — 6,8, chuqurlik — 30 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 557 km janubiy-gʻarbda.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
- Toshkent: 2-3 ball, 557 km;
- Surxondaryo viloyatida 5 ball, 90 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 302 km;
- Samarqand viloyatida 3 ball, 358 km;
- Jizzax viloyatida 3 ball, 410 km;
- Navoiy viloyatida 3 ball, 444 km;
- Buxoro viloyatida 3 ball, 451 km;
- Sirdaryo viloyatida 3 ball, 464 km;
- Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 579 km.