Afgʻonistondagi qutqaruvchilar shanba kuni toshqinlar natijasida 160 ga yaqin kishini jasadini topishgan, bedarak yoʻqolgan odamlarni loy bosgan uy va binolar orasidan qidirishni davom ettirmoqda.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat shimolidagi 13 ta viloyat toshqinlardan jabr koʻrgan.
Milliy va mahalliy rasmiylarning xabar berishicha, poytaxt Qobuldan shimolda joylashgan Parvan hududida 116 kishi halok boʻlgan va 120 dan ortiq odam jarohat olgan, 15 kishi bedarak yoʻqolgan.
“Qutqaruv guruhlari ushbu hududda bedarak yoʻqolgan odamlarni qidirmoqdalar”, dedi Parvan gubernatori vakili Vaxida Shahkar.
Chorshanba kuni erta tongda kuchli toshqin Parvan uylari va binolarini yuvib yubordi. Mahalliy politsiya vakili Salim Nurining taʼkidlashicha, hududlarda yashovchilar asosan norasmiy ishchilar va fermerlar boʻlib, politsiya eng koʻp zarar koʻrgan, moddiy jihatdan qiynalayotgan va jarohatlanganlar uchun qon topshirishni soʻramoqda.
Mudofaa vazirligi Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari qutqaruv ishlarida yordam berishini aytdi.