Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 35,25 gradus shimoliy kenglik; 62,25 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda m=5,2. Chuqurlik 200 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 903 km janubi-g‘arbda.
Ma’lumot o‘rnida: joriy iylning 7-oktabr kuni ertalab Afg‘onistonda 6,2 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Uning epitsentri 272 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirot shahridan 42 km shimoli-g‘arbda joylashgan.
Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Birinchi zilziladan keyin 4,3 dan 6,3 ballgacha bo‘lgan yana bir necha silkinishlar sodir bo‘ldi.