Uning ma'lumotlariga ko'ra, 8 mingdan ortiq uy vayron bo'lgan.
Qizil yarim oy jamiyati tabiiy ofatdan jabr ko'rgan hududlarning 30 mingga yaqin aholisiga oziq-ovqat ko'rinishidagi insonparvarlik yordami yetkazilganini ma'lum qildi.
Avvalroq Afg'oniston milliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili Yusuf Hammad Associated Press agentligiga zilzila qurbonlari soni 900 nafarga yetganini, 3000 dan ortiq afg'onistonlik jarohat olganini ma'lum qilgandi, deb xabar berdi tass.ru.
Afg'onistonning sharqiy viloyatlarida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. TOLOnews telekanaliga ko'ra, vayronalar ostida kamida yuzlab odamlar qolib ketmoqda.









