So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, qurbonlar soni 1411 kishiga yetgan, 3124 kishi jarohat olgan. 5400 dan ortiq uy vayron bo'lgan.
Ko'p odam vayronalar ostida qolib ketdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Xabarlarga ko'ra, zilzila oqibatida ko'chkilar yo'llarni to'sib qo'ygan va brigadalarning aholi punktlariga etib borishini qiyinlashtirgan.
Eng ko'p qurbonlar Kunar viloyatida qayd etilgan. Mahalliy aholi vodiylarda, xom g'isht va yog'ochdan qurilgan xavfli uylarda yashaydi. Zilzila kechasi, odamlar uxlab yotgan vaqtda sodir bo'lgan va ko'pchilik tashqariga chiqishga ulgurmagan, deb xabar beradi NBC News.
Avvalroq 1100 kishi halok bo'lgani xabar qilingandi. Zilziladan asosan Kunar va Nangarhor viloyatlari talafot ko'rdi. Zilzila 1-sentabr, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda yuz berdi. Uning magnitudasi 6,0 ballni tashkil etdi. Zilzila o'chog'i o'ta chuqur joyda bo'lmagani sababli, u yer yuzasida katta talafot keltirdi, deb xabar berdi news.rambler.ru.