“Halok bo'lganlarning umumiy soni 2205 nafarga etdi, jarohatlanganlar esa 3640 kishi”, deb yozdi Fitrat X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Afg'onistonning Kunar, Lag'mon va Nangarhor viloyatlarida 31 avgustga o'tar kechasi 6,0 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Tabiiy ofat oqibatida ko'plab qishloqlar vayron bo'ldi, ularning aholisi vayronalar ostida qoldi. Olis tog'li hududdagi og'ir sharoitda qutqaruv ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi rg.ru.