Afgʻonistonga insonparvarlik yordami Oʻzbekiston orqali yetkaziladi

    Dolzarb 13 Oktabr 2021 1756

    Afgʻonistonda insonparvarlik holati tobora yomonlashib boryapti. 20 million afgʻon xalqiga yordam berish uchun zudlik bilan mablagʻ zarur boʻlyapti. Bu haqda BMTning qochoqlar boʻyicha boshqarmasi ogohlantiradi.

    BMTning Afgʻonistonda insonparvarlik ishlarini amalga oshirish uchun 606 million dollarga buyurtma berganiga bir oydan oshdi. Lekin hozir ushbu mablagʻning 35 foizi qoʻlga kiritilgan, xolos. Ushbu mablagʻ Afgʻoniston iqtisodining barbod boʻlishining oldini olish uchun zarur. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Afgʻoniston masalasida favqulodda uchrashuvga yigʻilgan “Bolshaya dvadsatka” (“Katta yigirmatalik”) rahbarlariga qaratilgan murojaatida yodga olgan, deb xabar beradi BMT yangiliklari xizmati.

    BMTning Qochoqlar ishi boʻyicha boshqarma vakili (UVKB) Babar Balox yuz minglab ichki koʻchmanchilarga favqulodda yordam koʻrsatish uchun Boshqarmaning Afgʻoniston bilan chegaradosh mamlakatlarda logistik markazlar shakllantirish ustida ish olib borayotgani haqida Qobuldan turib xabar berdi.

    “Kechalari sovuq tushib qoldi, va boshpanasiz qolgan odamlarga zudlik bilan yordam kerak”, — deb taʼkidladi, Balox. Uning soʻzlariga koʻra, yordamga muhtoj afgʻonlarning soni 20 milliondan oshgan va kun sayin ortib boryapti.

    Yaqin vaqtlar ichida Qochoqlar ishi boʻyicha boshqarma Oʻzbekistonning Termiz shahriga insonparvarlik yuki bilan uchta samolyotni joʻnatishni rejalashtirgan. Keyinchalik chegaraning Xayraton oʻtish joyi orqali yuklarni yuk avtomobillarda Mozori –Sharifga yetkazish uchun. Bunday yuklarning birinchisi Termiz shahriga oktyabr oyi oʻrtalarida keladi.

    BMTda bugun afgʻon oilalarining besh foizigina yetarli ozuqa bilan taʼminlanganligi haqida ogohlantiradi. Besh yoshgacha boʻlgan bolalarning yarmidan koʻpi toʻyib ovqatlanmaydi. Agar yordam boʻlmasa, ularning sillasi qurib ketishi xavfi turibdi. Yordam berish uchun vaqt esa oʻtib boryapti.