Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
58 ta vagondan iborat ezgulik poyezdi Termiz shahridagi “Ayritom” chegara oʻtkazish punkti orqali qoʻshni mamlakatga yoʻl oldi.
Shu munosabat bilan ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi. Xabarda bu haqda keyinroq voqea joyidan xabar berilishi aytildi.