Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordami joʻnatildi

    Xalqaro hamkorlik 23 Dekabr 2021 2123

    Bugun, 23-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining birodar afgʻon xalqiga 63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda koʻmir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan ezgulik poyezdi Termiz shahridagi “Ayritom” chegara oʻtkazish punkti orqali Afgʻonistonning Mozori Sharif shahriga joʻnatildi.

    Yuk poyezdining 23 vagoniga 1000 tonna un, 60 tonna shakar, 200 tonna guruch, 10 ming dona yogʻ, 26 ming 500 dona murabbo, 26 ming 200 dona sabzavot konservasi, 30 tonna pishiriq, 14 ming 200 dona bir martalik tayyor ovqat (doshirak), 20 ming dona ayollar va erkaklar kiyimi, 15 ming dona erkaklar, ayollar va bolalar paypogʻi joylangan.

    Shuningdek, 40 vagonga koʻmir yoqilgʻisi yuklangan.