Tomonlar afgʻon inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha mintaqaviy saʼy-harakatlarni birlashtirish, tez fursatlarda mamlakatda keng vakillik asosida inklyuziv hukumat tuzish, inson huquqlari, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlarini taʼminlash muhimligini taʼkidladilar.

Toliblar tomonidan Afgʻonistonda xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyatiga hamda ushbu mamlakat hududidan qoʻshni davlatlarga har qanday tahdidlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish muhimligiga eʼtibor qaratildi.

Afgʻonistonga har tomonlama koʻmaklashish, xususan, pandemiya davrida insonparvarlik yordami koʻrsatish va oziq-ovqat inqiroziga yoʻl qoʻymaslik borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.