Oʻzaro muloqot jarayonida qoʻshni davlat investorlari Oʻzbekistonning janubiy regionida savdo-sotiq, qurilish, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va qishloq xoʻjalik mahsulotlari eksporti yuzasidan duch kelayotgan muammolari hamda ikki mamlakat hududiga erkin kirib-chiqish uchun viza ochirish masalasida ayrim toʻsiqlar boʻlayotganini bayon etishdi.

Uchrashuvda Sharifi Roman, Nasrullo Inayatullo, Muhammadjavod Muhamed va boshqa afgʻon ishbilarmonlari ham savdo-sotiq, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti va importidagi toʻsiqlar bartaraf etilsa, xar ikki tomon uchun manfaatli boʻlishini taʼkidlashdi.

Qoʻshni davlat investorlari bilan uchrashib, ularning fikrlarini tinglagan viloyat hokimi Toʻra Bobolov va mamlakatimizning Afgʻonistondagi Mozori Sharif shahrining konsullik idorasi bosh konsuli Jaʼfar Fattayev ayrim masalalar mamlakat rahbariyati bilan maslahatlashilgan holda hal etilishini bildirishdi.

Usmonali NORMATOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri