Urgut tumani yiliga 40 million dollarlik sanoat mahsulotlarini eksport qilmoqda. Tumanda yiliga 350 million dollarlik sanoat mahsuloti chiqishi hisobga olinsa, bu juda kam ekani qayd etildi.
Suriya, Iroq va Afgʻonistonning oʻzida 30 milliard dollarlik elektrotexnika, tekstil, oziq-ovqat, avtomobil, farmatsevtika va qurilish materiallariga ehtiyoj bor.
Lekin bu bozorlarga jadal kirib borish boʻyicha na tarmoq rahbarlari, na hokimlar haligacha tayinli natija koʻrsatmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, yil yakunigacha Afgʻonistonning Mozori-Sharif shahrida Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi va kamida 100 turdagi mahalliy mahsulotlarni sotish yoʻlga qoʻyiladi
Keyingi yildan Savdo-sanoat palatasining Iroqda 3 nafar, Suriyada 2 nafar savdo maslahatchilari ish boshlaydi. Iroqning eng yirik 100 ta tadbirkorlarini Samarqandga taklif qilib, “Oʻzbekiston-Iroq” biznes forumini oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.
Umuman, kelasi yili viloyatda 70 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish va sanoatda 25 ming ish oʻrni yaratish reja qilindi.