Sudanda harbiy Il-76 yuk samolyoti halokatga uchradi, oqibatda barcha ekipaj a'zolari halok bo'ldi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) manbaga tayanib xabar berdi.
“Il-76 samolyoti “Osman Digna” aviabazasiga qo'nishga uringanidan keyin halokatga uchradi”, deb xabar berdi agentlik noma'lum manbaga iqtibos keltirgan holda.
Manbaga ko'ra, hodisadan oldin texnik nosozlik yuz bergan.
Manba shuningdek, “barcha ekipaj a'zolari halok bo'lganini” aniqladi, deb xabar berdi AFP.
Halok bo'lganlarning aniq soni ma'lum qilinmadi, deb xabar berdi tass.ru.