Ma’lumki, ayrim hayvonlarning shox va suyaklari dunyo bozorida xaridorgir xomashyo hisoblanadi. Shu sabab, buning ortidan mo‘may daromad orttirishni ko‘zlagan ayrim shaxslar tabiatga zarar yetkazish bilan birga, bojxona tartib qoidalarini buzishga urinadi.

“Gʻishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlanib, xorij davlatidan yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “COBALT” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada avtoulov o‘rindig‘ining ost qismiga yashirincha joylangan, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan, hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 32 000 000 so‘mlik, 180 dona bug‘u shoxlari va 1 dona fil tishi borligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun Fil barcha turlari  va uning tana a’zolari Halqaro tabiatni muhofoza qilish ittifoqining Qizil ruyxatiga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi ma’lumotida.