Shuningdek, kuchli boʻron ham turdi. Maʼlum boʻlishicha, shamol tezligi soatiga 80 kilometrgacha yetgan. Janubiy yarim sharda qish boʻlishiga qaramay, bunday ob-havo sharoiti Janubiy Afrika uchun odatiy emas. Mahalliy aholi, ayniqsa, bolalar bu imkoniyatdan foydalanib, Sires shahri yaqinidagi togʻlarda qor oʻynagan.
Taʼkidlanishicha, bunday voqea Janubiy Afrikada birinchi bor sodir boʻlgani yoʻq. Iyul oyining oxirida Afrikaning janubiga qish kelgandi. Meteorologlarga koʻra, uni Antarktida siklonlari olib kelgan. Qayd etilishicha, baʼzi hududlarda harorat minus 10 darajaga tushgan. Bu eng past harorat boʻyicha rekord hisoblanadi, deya maʼlum qilmoqda Aniq.uz sayti