“Afrosiyob” elektropoyezdi Dashtobod bekatida toʻxtab oʻtadi

    Transport 4 Oktabr 2022 2343

    Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yil 17-oktyabrdan 764/763 sonli Toshkent — Samarqand—Toshkent yoʻnalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi Dashtobod bekatida toʻxtab oʻtadi.

    Shu maqsadda, Dashtobod bekatida chiptaxona va kutish zali tashkillashtiriladi, deb xabar beradi “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabar orqali quyidagi harakat jadvali maʼlum qilinadi:

    764-sonli poyezd Toshkent 8:25 — Dashtobod 9:32-09:34 — Samarqand 10:38

    763-sonli poyezd Samarqand 16:11 — Dashtobod 17:14-17:16 — Toshkent 18:25