Jumladan, Toşkentning yangi aeroportini «Toşkent-Şimoliy» vokzali bilan temiryöl orqali boğlaş taklif etilgan.
Bu rejalar 2030-yilgaça mahalliy yölovçi taşişni rivojlantiriş strategiyasi loyihasida nazarda tutilgan. Hujjat hozirça loyiha maqomida bölib, Prezident qarori loyihasi sifatida taqdim etilgan.
Strategiyaga köra, 2030-yilgaça yirik şaharlarda aeroportlar va vokzallarni boğlovçi uçta temiryöl liniyasi qurilişi rejalaştirilgan. Ular:
- Toşkent vokzali va yangi aeroport;
- Buxoro vokzali va yangi Buxoro aeroporti;
- Urganç vokzali va Urganç xalqaro aeroporti örtasida taşkil etiladi.
Hujjatning moliyalaştiriş qismida Parkent — Toşkent yangi aeroporti yönalişidagi yana bir tarmoq ham keltirilgan.
Birinçi liniyani 2026-yilda, qolgan ikkitasini 2029-yilgaça işga tuşiriş, uçalasini esa 2030-yilgaça foydalanişga topşiriş taklif etilgan.
Quriliş uçun 68 million dollar ajratilişi mumkin
Toşkent va Buxoro yönalişlaridagi liniyalarni tijorat banklari kreditlari hisobiga moliyalaştiriş taklif qilingan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2029-yilda 30,6 million dollar, 2030-yilda esa 37,4 million dollar ajratilişi közda tutilgan. Jami mablağ 68 million dollarni taşkil etadi.
Biroq har bir liniyaning alohida qiymati hozirça körsatilmagan. Urganç yönalişini moliyalaştiriş manbasi ham hujjatda aniq belgilanmagan. Mablağlar texnik-iqtisodiy asoslar işlab çiqilgandan keyin aniqlaştirilişi aytilgan.
2027-yil iyulidan Toşkent aglomeratsiyasida «Toşkent-Şimoliy» va «Toşkent-Janubiy» vokzallari, xalqaro aeroport hamda markaziy avtovokzal örtasida yagona transport aloqasini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Çirçiq, Yangiöl, Angren va Olmaliqdan qatnaydigan şahar atrofi elektropoyezdlari sonini 1,5 barobar oşiriş taklif etilgan. Yölovçilar uçun esa poyezddan metroga töğridan-töğri ötiş imkoniyati yaratiladi.
Strategiya loyihasida aeroportlar, temiryöl vokzallari va avtovokzallarni boğlovçi 20 ta jamoat transporti yönalişini bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş nazarda tutilgan.
Rejaga köra, yönalişlar soni 2026-yilda 5 ta, 2027-yilda 8 ta, 2028-yilda 14 ta, 2029-yilda 16 ta va 2030-yilda 20 taga yetkaziladi.
Transport turlari örtasidagi örtaça ötiş vaqtini 2025-yildagi 22 daqiqadan 2030-yilga borib 10 daqiqagaça qisqartiriş maqsad qilingan.
Buning uçun Toşkent, Samarqand, Buxoro, Urganç, Nukus va Farğonada oltita transport uzeli taşkil etiladi.
2028-yil 1-yanvardan «Bir yöl» milliy raqamli platformasini işga tuşiriş taklif etilgan.
U orqali yölovçilar poyezd, samolyot, avtobus va şahar transporti haqida maʼlumot olişi, «eşikdan eşikkaça» safarini rejalaştirişi va yagona elektron çipta rasmiylaştirişi mumkin böladi.
2028-yil 1-apreldan barça transport turlari uçun özaro muvofiqlaştirilgan yagona jadval joriy etiş rejalaştirilgan.
2030-yilgaça yagona platformadan foydalanadigan yölovçilar uluşini 25 foizga yetkaziş közda tutilgan.