"Afrosiyob" poyezdi nechta yo‘nalishda harakatlanishini bilasizmi?

    Bugungi kunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" poyezdining 12 ta qatnovi amalga oshirilmoqda. 

    Ular:

    780/779-sonli "Toshkent — Qarshi — Toshkent" yoʼnalishi;

    762/761-sonli "Toshkent — Buxoro — Toshkent" yoʼnalishi;

    760/759-sonli "Toshkent — Qarshi — Toshkent" yoʼnalishi;

    758/757-sonli "Toshkent — Shahrisabz — Toshkent" yoʼnalishi;

    764/763-sonli "Toshkent — Samarqand — Toshkent" yoʼnalishi;

    770/769-sonli "Toshkent — Buxoro — Toshkent" yoʼnalishi;

    766/765-sonli "Toshkent — Buxoro — Toshkent" yoʼnalishi.

    Bundan tashqari Oʼzbekistonda nishonlanadigan bayram kunlari va ayrim rasmiy sanalar arafasida qoʼshimcha 3 ta:

    780/779-sonli "Toshkent — Qarshi — Toshkent";

    768/767-sonli "Toshkent — Samarqand — Toshkent";

    156/155-sonli "Toshkent — Xiva — Toshkent" yoʼnalishlari harakati doimiy ravishda qoʼyilmoqda.

    "Аfrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdidan tashqari 25 dan ziyod mahalliy reyslar harakatlanmoqda.

    Temir yoʼl transporti uchun chiptalarni 45 kun oldindan rasmiylashtirishingiz mumkin.

    Bu haqda UzA ma’lumot berdi.