Mahalliy sayohlardan iborat guruhni olib kelgan poyezdni ramziy kutib olish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari S.Rahmonqulov, tuman hokim oʻrinbosari S.Anvarov, Zomin tumani prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Mahalliy sayyohlar Dashtobod shahar madaniyat markazi va yoshlardan iborat jamoa tomonidan bayramona kuy va qoʻshiqlar bilan kutib olindi.
Shundan soʻng, sayyohlar maxsus transport vositasida tuman boʻylab sayohatga olib ketildi.
Maʼlumot uchun, “Afrosiyob” tezyurar poyezdining Dashtobod bekatida toʻxtab oʻtishi boʻyicha harakat jadvali quyidagicha:
764-sonli poyezd Toshkent 8:25 — Dashtobod 9:32-09:34 — Samarqand 10:38
763-sonli poyezd Samarqand 16:11 — Dashtobod 17:14-17:16 — Toshkent 18:25