Braziliyada boʻlib oʻtayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi bahslarida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempionlikni qoʻlga kiritdi.
U 10 ta partiyada 9,5 ochko toʻpladi (9 ta gʻalaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija koʻrsatishidan qatʼiy nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.
Afruza oʻtgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida ham muddatidan oldin gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan Oʻzbekistondagi ilk ayol shaxmatchi boʻlgandi.