Agar bir martalik moddiy yordam pulini olmagan bo‘lsangiz…

    “Siz pensionermisiz? Siz nogironlik pensiyasi yoki nafaqasini olasizmi? Oilangiz boquvchisini yo‘qotganmi? 

    Oilangizda nogiron farzand tarbiyalanadimi? Kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga kiritilib moddiy yordam olganmisiz?

    Kam ta’minlangan oila sifatida bolangizga nafaqa puli olasizmi?” degan savollarga “HA” deb javob bera oladigan har bir fuqaroning 2022 yil 258-sonli Qarorga asasan bir martalik moddiy yordam pulini olishga haqqi bor.

    Qarorga ko‘ra, to‘lovlar ikki xafta muddatda ya’ni 8 iyungacha to‘lanishi belgilangan edi. Shu muddatda turli sabablarga ko‘ra ololmagan fuqarolarga moddiy yordam pullari 1 sentyabrga qadar to‘lab beriladi.

    Bunda: to‘lanmagan mablag‘lar Xalq banki tomonidan 8 iyun kuni Moliya Vazirligi va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli hisobraqamiga qaytarildi.

    Endi qolgan yordam pullari qayta moliyalashtirib berilgandan so‘ng, 10 iyundan boshlab mahallalar bo‘yicha tasdiqlangan grafikka asosan amalga oshiriladi.