Yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumida u “Bugun Moskva Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan barcha zarur dori vositalari, kerakli texnologiyalar bilan toʻliq taʼminlangan, va biz har qanaqangi kutilmagan koʻngilsiz holatlarga tayyormiz. Va albatta, bunday holatlar yuz bermasligidan umid qilamiz”, — deb eʼlon qildi.
Shu bilan birga Sobyanin fuqarolarni oʻrnatilgan tavsiyalarga qatʼiy amal qilishga chaqirdi. Bu metro va savdo shoxobchalarida, jamoat ovqatlanish joylarida niqob taqish tartibi boʻyicha Rosportrebnadzor tomonidan oʻrnatilgan talabga qaratilgan. Uning soʻzlariga qaraganda, agar shunday qilinsa, yaqin haftalar va oylarda vaziyatni nazorat qilish imkoni boʻladi.
“Men buni uddalashimiz zarur deb hisoblayman”, — taʼkidladi Moskva meri