Chorvachilik tarmog'ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go'sht hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, ayniqsa qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini  oshirish va daromadlarini ko'paytirishda muhim o'rin tutadi.

Aytish joiz, yurtimizda qora mollarning go'sht va sut yo'nalishidagi zotlarini yaratishda zamonaviy seleksiya usullaridan foydalanish yo'lga qo'yilmoqda. 

— Chorvachilikni rivojlantirish sohasida genetika usullarini qo'llash orqali chorva zotlarining genofondini ko'paytirish va go'sht mahsuldorligini oshirish, ozuqa-em bazasini kengaytirish bo'yicha innovatsion texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda. Chorvachilik sohasida 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 18 688,8 mln so'm bo'lgan 42 ta (2 ta innovatsion, 24 ta amaliy, 13 ta tijoratlashtirish, 3 ta startap) loyihalar moliyalashtirildi.  Jumladan, jaydari “merinos” zotli qo'y va “angor” zotli echkilarning genotiplari yaratilib,  sun'iy urug'lantirish ishlari yo'lga qo'yildi.  Ozuqa bazasini mustahkmalash maqsadida turli tuproq-iqlim sharoitlarida kasalliklar va zararkunandalarga chidamli ozuqabop lavlagining “O'zbekiston-83” navi birlamchi urug'chiligi va urug'lik ko'chatzori tashkil etildi. Makkajo'xorining 7 xil va oq jo'xorining 3 xil navi, “Afrika qo'nog'i”, “Sorgo” hamda 14 turdagi boshqa ozuqa ekinlarining o'rtacha hosildorligi gektariga 37,5 tonnaga etkazildi. — Deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshlig'i Fazliddin Mo'minov.

Haftalik doirasida “Ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida qiziqarli ma'lumotlar berilishi barobarida oliy ta'lim muassasalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlar taqdimoti ham bo'lib o'tadi.

Diyora ESHQULOVA, 
OʻzJOKU talabasi