Quyidagilar mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

  • agrar sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va vaqt resurslari sarfini 2 baravarga qisqartirish,
  • oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkolarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarini unifikatsiya qilish orqali ularning sonini 2028-yil yakunigacha 50 foizgacha qisqartirish.

Farmonga koʻra, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkil etiladi.

Agentlik:

  • qoʻllab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
  • qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsatish uchun arizalarni topshirishdan boshlab, ularni koʻrib chiqish, maʼqullash va toʻlov jarayonigacha boʻlgan barcha bosqichlarni toʻliq raqamlashtiradi.

2026-yil 1-yanvardan:

  • mazkur Farmonda belgilangan qoʻllab-quvvatlash choralari Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;
  • qoʻllab-quvvatlash choralari tadbirkorlarga alohida maxsus hisob raqamlar (23210) ochish orqali moliyalashtiriladi.