Orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In tomonidan imzolangan.
Argippina Shin oʻz nutqi avvalida koʻp yillar davomida Koreya Respublikasining haqli ravishda mamlakatimizning asosiy hamkorlaridan biri, yirik investor, Oʻzbekiston iqtisodiyotini tarkibiy oʻzgartirish va modernizatsiya qilish dasturlari ishtirokchisi sifatidagi davlatga aylanganligini taʼkidladi. Xususan, 2018-yilda oʻz faoliyatini boshlagan Toshkentdagi Puchon universiteti filialining “Maktabgacha taʼlim” fakultetida hozirda Puchon universitetining oʻquv reja va dasturlariga muvofiq 892 nafar talaba tahsil olmoqda.
2019-yilda “Hyundai Engineering and Construction” kompaniyasi koʻmagida Nukus shahridagi “Imkon” reabilitatsiya markazi bilan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish boʻyicha ulkan loyiha amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Koreyaning “New Millennium Construction Co., Ltd.” kompaniyasi Toshkent shahridagi 324-sonli eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya ishlarini olib bordi, uning asosida taʼlimning koreyscha modeli koʻrsatilgan.
“BooyoungGroup” va “AHA” kompaniyalari Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimi ehtiyojlari va MTT tashkil etish uchun moddiy-texnika vositalarini hadya etdi. “BooyoungGroup” kompaniyasi tomonidan 2000 dona raqamli pianino respublikaning barcha burchaklaridagi bolalar bogʻchalariga yetkazib berildi.
Rasmiy taqdirlash marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kan Chje Kvon, Harbiy attashe janob Pak An So, Ikkinchi kotib xonim Kan Dji U, Ikkinchi kotib janob Gu Gvan Il, konsul Janob Kim Mun Chje ishtirok etdilar.
«Qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlikni kengaytirish va mustahkamlashga qoʻshgan hissam uchun Koreya Respublikasi Prezidentining oliy mukofotiga sazovor boʻlish men uchun katta sharaf. Bu orden kelgusi faoliyatimda yana bir ragʻbat vositasi boʻladi. Men har ikki mamlakat ravnaqi uchun Oʻzbekiston-Koreya munosabatlarini kengaytirishga oʻz hissamni qoʻshishda davom etishga tayyorman», - xulosa qildi vazir.
Maʼlumot uchun: “Davlatlararo Diplomatik xizmatlari uchun” 1963-yil 25-iyulda mamlakat fuqarolari va chet el vakillarini diplomatik sohadagi xizmatlarini munosib ragʻbatlantirish, shuningdek, xorijda milliy nufuzni oshirish, xalqaro hamkorlik va doʻstlikni targʻib qilish maqsadida taʼsis etilgan.
Orden 5 darajaga boʻlinadi: Kvanxva, Xinin, Sungne, Chane, Sukchon. Birinchi daraja, oʻz navbatida, ikki toifaga boʻlinadi: yuqori toifa faqat yuqori martabali diplomatlarga beriladi. «Kvanxva» darajasi Koreya Respublikasi Prezidentining ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlikni kengaytirish va mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun oliy mukofoti hisoblanadi.