Pedagogika kolleji negizida tashkil etalayotgan taʼlim tashkiloti “Meridian avtostroy” MCHJ tomonidan 2 mlrd soʻm mablagʻ evaziga taʼmirlanmoqda. Tashkilot 6 guruhdan iborat boʻlib, u 180 nafar bolajonlarni oʻz bagʻriga oladi.
Vazir taʼmirlash ishlarini kuzatar ekan, devorlarni yorqin ranglarda boʻyalmaganligini tanqidga oldi.
Bolajonlarmizga taʼlim-tarbiyani berayotgan vaqtda, dunyoni rangbarang qilib namoyon etishimiz kerak, Axir, biz kelajak poydevorini qurayotganimizda ularning tafakkurini, yoshligidanoq shakillantirishimiz lozim, - dedi vazir.
Pudratchi va tegishli mutasaddilarga MTTning har bir xonasining bezagi va bolalarni xavfsizligini taʼminlovchi jihozlar bilan taʼminlash borasidagi koʻrsatma va topshiriqlarni berdi.