Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mexmonxonasida O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko'magida Turkiyaning “Sofuar LTD. ŞTi” korxonasi tomonidan 10—12-iyun kunlari tashkil etilayotgan “Oziq-ovqat texnologiyalari, qadoqlash va issiqxona uskunalari hamda ikki tomonlama muzokoralar “Agro Pack Uzbekistan — 2021” xalqaro ko'rgazmasiga start berildi.

Unda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash, issiqxona tizimlari, suv va sut maxsulotlarini saqlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi 60 dan ortiq turk hamda ilg'or o'zbek kompaniyalari ishtirok etmoqda. 

Ko'rgazma xo'jalik yurituvchi tadbirkor subyektlari, jumladan, o'z faoliyatini boshlovchi tadbirkorlar uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotni ichki hamda tashqi bozorda sotishga yo'naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yechim topish uchun katta imkoniyatdir.

 “Agro Pack Uzbekistan — 2021” ko'rgazmasida nafaqat zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan tanishish, balki o'zaro manfaatli shartnomalarni joyida tuzishga sharoit yaratadi.

Shuningdek, “Agro Pack Uzbekistan – 2021” sohaga oid yangi bilimlar qatori sohadagi peshqadam korxona rahbarlari bilan yaqin muloqotda bo'lish uchun qulay imkoniyat hamdir.

Sohaning yetuk mutaxassislari taqdimotlari, g'oyalar va innovatsiyalar hamda xorijiy va mahalliy korxonalarning mahsulotlari “Agro Pack Uzbekistan-2021”ning dasturlaridan o'rin olgan. Ko'rgazma doirasida o'zbekistonlik va turkiyalik tadbirkorlarning “V2V” formatidagi muzokaralari o'tkaziladi va manfaatli shartnomalar imzolanadi.

Sifatli Wi-Fi tizimining mavjudligi tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga tadbir taassurotlari va boshqa turli ma'lumotlar bilan almashish imkoniyatini bermoqda.