«Agrobank»dan sovrinli musobaqa

    Ayni daqiqalarda «Agrobank» ATB tomonidan tashkil etilgan «AI500–HACKATHON» musobaqasining final bosqichi boshlanish arafasida.

    Sunʼiy intellekt yoʻnalishida eng iqtidorli mutaxassislarni aniqlash, yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash hamda ilgʻor texnologiyalarni bank va agrar sohalarga joriy etish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu tanlovning yakuniy bosqichiga 50 nafar eng kuchli jamoa yetib keldi.

    Mukofot jamgʻarmasi 500 million soʻmni tashkil etgan musobaqa finali qizgʻin va murosasiz bahslar ostida oʻtishi kutilmoqda.