Tanlov USAID va O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida agrobiznes va agroturizm yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladi.
Tanlov maqsadi qishloq xo'jaligi mahsulotlariga va agroturizm xizmatlariga qo'shimcha qiymat qo'shish orqali savdo va eksportni oshirish, hamda uzoq muddatli yangi ish o'rinlari yaratish imkonini beruvchi innovatsion texnologiyalar, asbob-uskunalarga hamkorlikda sarmoya kiritish istagini bildirgan xususiy tadbirkorlik sub'ektlari va korxonalarga yordam ko'rsatishdan iborat.
Tanlov doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi va USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi qiymati 800 million so'mgacha bo'lgan innovatsion g'oyalarni moliyalashtirish uchun loyihalarni qabul qiladi.
Ariza taqdim qilish bilan bog'liq zarur ko'rsatmalarni olish uchun 2022-yil 13-aprel kuni soat 16:00 dan 17:00 gacha (rus tilida) va 2022-yil 14-aprel kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha (o'zbek tilida) Agrobiznesni rivojlantirish jamg'armasi axborot kanali — (https://t.me/agrobizjam) Telegram kanali orqali bo'lib o'tadigan virtual axborot sessiyalariga sozlanish kerak bo'ladi.