Ushbu loyiha Qoraqalpog'iston Respublikasida Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etishga yo'naltirilgan bo'lib, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan moliyalashtirilgan va GGGI tomonidan amalga oshiriladi.

BDP — Qoraqalpog'iston Respublikasining qishloq xo'jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish sektorlari bilan shug'ullanuvchi fermerlar, mikro kichik va o'rta biznes tashkilotlari va institutsional tuzilmalar uchun raqamli platformadir. Platforma barqaror rivojlanish muhitini yaratishga qaratilgan qishloq xo'jaligi va ekologiya sohalari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish mexanizmiga aylanadi.

“Consort Group” mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori Nargiza Kushakova ushbu hamkorlik mahalliy fermerlar, agrobiznes tadbirkorlari va qishloq xo'jaligidagi boshqa manfaatdor tomonlarga ekologik toza — “yashil” biznes haqida so'nggi ma'lumotlarni olishga yordam berishini ta'kidladi.

GGGI ning O'zbekistondagi vakili doktor Aaron Rassel GGGI va Consort Group BDP ta'sirini kengaytirish va kuchaytirish uchun potentsial hamkorlarni jalb qilish bo'yicha hamkorlik qilishini ta'kidladi. Biznes platformaning kontseptsiyasi 2022-yil 22-iyunga belgilangan Orol dengizi strategiyasi va biznesni rivojlantirish forumida kengroq manfaatdor tomonlarga taqdim etiladi.