Qishloq xo'jaligi vazirligida Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Alisher Shukurovning Qirg'iz Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirining birinchi o'rinbosari Murat Ramatov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida agrosanoat sohasidagi hamkorlikning kun tartibidagi keng ko'lamli masalalari muhokama qilindi.

Xususan, joriy yil yanvar` oyidagi oliy darajadagi tashrif davomida ikki davlat Qishloq xo'jaligi vazirliklari o'rtasida imzolangan 2022-2025-yillarda O'zbekiston va Qirg'iz Respublikalari o'rtasida agrosanoat sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va savdo aylanmasini oshirishga qaratilgan “Yo'l xaritasi”ning ijro holati ko'rib chiqildi.

Jumladan, intensiv bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligi, chorvachilik, baliqchilik va akvamadaniyat, naslchilik, o'simliklar karantini va biohimoyasi yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.