Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti halokatga oid dastlabki tergovga ko'ra, dvigatellarga yonilg'i yetkazib berish to'xtatilganidan ko'p o'tmay Hindistonda halokatga uchradi.
“Samolyot qayd etilgan maksimal tezlikka erishdi va shundan so'ng darhol 1 va 2 dvigatellar uchun yonilg'i o'chirish tugmalari o'chirilgan. Kabinadagi yozib olingan ovozda uchuvchilardan biri ikkinchisidan u nima uchun o'chirganini so'ragani eshitiladi. Ikkinchi uchuvchi esa bunday qilmaganini aytdi”, deyiladi juma kuni e'lon qilingan xabarda.
Qayd etilishicha, bu hodisa halokatdan bir necha daqiqa oldin sodir bo'lgan. Xabarda aytilishicha, dvigatellardan biri qayta ishga tushirilgan, biroq bu samolyotning tez sekinlashishini to'xtata olmagan. Shu bilan birga, samolyotning parvoz hududida dvigatelga kirib, halokatga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan qushlar kuzatilmagan. Xabarda, shuningdek, halokatdan faqat bitta qora quti zarar ko'rmagani aytiladi.
Air India aviakompaniyasining Ahmadoboddan Londonga uchgan AI171 reysi 12-iyun kuni Hindistonning Gujarat shtatida shahar aeroporti yaqinida halokatga uchradi. Aviakompaniya ma'lumotlariga ko'ra, bortda 242 kishi, jumladan, ikki nafar uchuvchi va o'n nafar bort kuzatuvchilari bo'lgan. Bir yo'lovchi halokatdan omon qolgan. Samolyot Ahmadobod tibbiyot kolleji yotoqxonasi binosiga qulagan, u yerda ham odamlar halok bo'lgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, jasadlari qutqaruvchilar tomonidan topilgan aviahalokat qurbonlarining umumiy soni 275 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi ria.ru.









